Ko'rgazma yangiliklari

O‘zbekistondagi eng yirik to‘qimachilik ko‘rgazmalariga atigi 3 kun qoldi!

O‘zbekistondagi eng yirik to‘qimachilik ko‘rgazmalariga atigi 3 kun qoldi!

Tez orada, 2024-yil 6-noyabr kuni soat 10:00 da CAEx koʻrgazma majmuasida Oʻzbekistonda birinchi marotaba boʻlib oʻtadigan toʻqimachilik sanoatining uchta yirik xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Bitta maydonda uchta ko‘rgazma yig’iladi:

Heimtextil Uzbekistan — 1971-yildan buyon oʻtkazilayotgan uy toʻqimachilik va interyer matolarining eng yirik Yevropa koʻrgazmasi;

Texworld Tashkent — zamonaviy kiyimlar uchun matolar, iplar va aksessuarlarning keng assortimentini taklif etadi;

Apparel Sourcing Tashkent — autsorsing va innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalariga e’tibor qaratgan holda yetakchi tayyor kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi.

4000 kv.m dan ortiq ko‘rgazma maydonida 250 dan ortiq ishtirokchilar o‘z stendlarini taqdim etadilar — to‘qimachilik sanoatidagi bilim va innovatsiyalarni almashishga tayyor bo‘lgan turli mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari va ekspertlari.

Biznes dasturi: foydali biznes aloqalarini o‘rnatish va sanoatning asosiy masalalarini muhokama qilish imkonini beradigan qizg‘in sessiyalar va panel muhokamalar kutilmoqda.

Ishtirokchilar katalogi: toʻqimachilik bozorining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va ekspertlarini, shuningdek, eng soʻnggi ishlanmalar va innovatsiyalarni birlashtiradi.

Eksklyuziv trend book - fransuz dizaynerlari tomonidan yaratilgan moda tendensiyalari to‘plami, uni faqatgina ko‘rgazmada sotib olish mumkin.

Ushbu keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazib yubormang!Ko‘rgazmalar tajriba almashish, ishonchli hamkorlar va biznesni rivojlantirish maqsadida yangi imkoniyatlar topish uchun ideal platformaga aylanadi.